Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani hududidan o‘tuvchi A-378 avtoyo‘lining 85-kilometrida paxta ortilgan yuk avtomobili yonib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

21 fevral kuni 16:48 da ushbu yuk mashinaning haydovchisi salonda yong‘in hidini sezib, mashinaning kuzov qismida yong‘in boshlanganini ko‘rgan. Shundan so‘ng, avtomobilga ortilgan paxta yonib ketgan.

Hodisa joyiga hududiy FVB yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib kelib, soat 17:20 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Avtomashinadagi yukning bir qismi yong‘indan saqlab qolingan Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jarohat olganlar yo‘q.

yong‘in, paxta, yuk машинаси

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

yong‘in, paxta, yuk машинаси