Sirdaryo viloyati Boyovut tumani «Qarapchi» MFYdagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi, deb xabar berdi viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Ma’lum qilinishicha, 18 yanvar kuni soat 15:20 da Ona yurt ko‘chasidagi 7-uyda taxminan havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq hodisa sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida uyning 50 kvadrat metr maydoni yongan, ikki nafar fuqaro yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan.

Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:28 da yetib borib, yong‘in 16:30 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq TerDU akademik litseyi qozonxonasi portlab, 2 kishi halok bo‘lgan va 1 kishi shifoxonaga yotqizilgandi.