21 yanvar kuni soat 14:41 da Andijon tumani Qo‘shariq dahasida joylashgan choyxonalarning birida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Holat to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:45 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:47 da qurshab olingan va soat 15:00 da bartaraf etilgan.

Voqea oqibatida choyxonaning taxminan 70 kvadrat metr maydonda tomi, shifti va jihozlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.