Namangan viloyati Kosonsoy tumanida xonadon yonib ketishi oqibatida er-xotin halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 1 yanvar kuni soat 05:00 larda tumanning «Navbahor» mahallasi xududidagi xonadonlarni birida yong‘in sodir bo‘lgan. Natijaja yashash uyiniing shift qismidan 20 kvadrat metr joyi hamda uy jihozlari yonib, zararlangan.
Shuningdek, yong‘in vaqtida xonadon egasining o‘g‘li — 1994 yilda tug‘ilgan erkak va uning turmush o‘rtog‘i, 1995 yilda tug‘ilgan ayolning kuygan holdagi jasadi topilgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasida tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.