Rossiya tomonidan Ukrainaning Xarkov viloyati o‘qqa tutishi oqibatida kamida 30 kishi jarohat oldi. Qurbonlar orasida 10 nafar bola, jumladan, ikki go‘dak ham bor.
O‘zbekistonlik faollar Ukrainaga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlovchi Grigoriy Lepsning konsertini bekor qilishni talab qilmoqda. Madaniyat vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov mamlakatda san’atga hech qanday to‘siq yo‘qligini aytdi. “Kelyapti, san’atini namoyish qilyapti, ketyapti”, — dedi u san’atkorlar haqida.
Rossiya armiyasi tomonidan Ukrainaning Kramatorsk shahri o‘qqa tutilishi chog‘ida kafega raketa kelib tushdi. 12 kishi, jumladan, 3 o‘smir halok bo‘ldi, 60 dan ortiq aholi (ular orasida 8 oylik chaqaloq ham bor) jarohat oldi.
Ukraina hukumati Rossiya qo‘shinlari Zaporojye AESga terakt uyushtirishni rejalashtirayotgani va “buning uchun hamma narsani tayyorlagani"ni iddao qilmoqda. Rossiya bu ayblovlarni rad etib, “navbatdagi yolg‘on” deb atadi. MAGATE esa AESdagi vaziyat “o‘ta beqaror” ekanini ta’kidladi.
Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatda unga Rossiyadagi vaziyat haqida gapirib berdi. Rossiya prezidenti Qozog‘iston va Belarus rahbarlari bilan ham qo‘ng‘iroqlashgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bo‘layotgan voqealarga munosabat bildirdi.
“Ukrgidroenergo”ning xabar berishicha, Kaxovka GESi butunlay vayron bo‘lgan. Suv ombori sathining nazoratsiz pasayishi Zaporoje atom elektr stansiyasi uchun qo‘shimcha xavf hisoblanadi.
Ukrainaning Dnepr shahridagi tibbiyot muassasasiga Rossiya raketasi kelib tushishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 21 kishi yaralandi.
AQSh o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda ukrainalik uchuvchilarni Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarida o‘qitishni boshlashini ma’lum qildi. Buyuk Britaniya va Niderlandiya Ukraina uchun jangovar samolyotlar sotib olish bo‘yicha koalitsiya tuzishga kelishib olgan.
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi MDH davlatlari rahbarlarining Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etganini xalqi “yashab qolish va ozodlik uchun kurashayotgan Ukrainaga nisbatan nodo‘stona qadam” deb atadi.
Kremlning ma’lum qilishicha, Ukraina Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Kreml qarorgohiga 2 ta dron bilan hujum qilgan, keyinchalik ular yo‘q qilingan. Rossiyada bu davlat rahbariga suiqasd sifatida baholanmoqda.
BMT Bosh assambleyasining Yevropa kengashi bilan hamkorligi to‘g‘risidagi rezolyutsiya 122 ta ovoz bilan qabul qilindi, unda Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligi tilga olingan. Qozog‘iston, Xitoy va Turkiya rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston betaraf qoldi.
Ukrainaning Uman shahrida Rossiya raketasi turar-joy binosiga kelib urilgan. Oqibatda 16 kishi halok bo‘ldi, ulardan 3 nafari bola, 18 kishi esa jarohatlangan.
YeIning sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan O‘zbekiston va Yevroittifoq mamlakat hududidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tish, xususan, ikki maqsadli tovarlarni qayta eksport qilish uchun foydalanilmasligini ta’minlash borasida qanday ishlar olib borayotgani haqida ma’lumot berdi.
Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak Markaziy Osiyo davlatlari haqida maqola yozdi. Uning ta’kidlashicha, mintaqa davlatlari tarixan ko‘p vektorliligi bilan ajralib turadi. Rossiya yakuniy tanlov qilishga majburlamaguncha Ukraina ham ko‘p vektorli bo‘lishga intilgan, deb yozadi u.
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom A’loyevning ma’lum qilishicha, Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan buyon 6030 nafar o‘zbekistonlik maxsus reyslar orqali evakuatsiya qilindi. Yil davomida xorijdagi fuqarolar uchun 200 mingdan ortiq konsullik operatsiyasi amalga oshirildi.
Ukrainaning “Yuriya-farm” farmkompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med” korxonasini YeTTB krediti hisobiga sotib oldi. “Yuriya-farm” o‘z mahsulotlarining 30 foizini eksport qilgan bo‘lsa, uning 15 foizi O‘zbekistonga yo‘naltirilgan. Kompaniya shunday yo‘l bilan eksport xarajatlarini kamaytiradi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukrainada qo‘shinlarni ko‘chirish, qurol va o‘q-dorilarni ikki tomondan olib o‘tish huquqisiz sulh tuzishga chaqirdi.
Jahon banki, Yevropa komissiyasi va BMT hamkorligida o‘tkazilgan yangi hisob-kitoblarga ko‘ra, Ukrainani urushdan keyin tiklash uchun kamida 411 mlrd dollar kerak bo‘ladi. Xarajatlarning eng katta qismi energetika sektoriga to‘g‘ri kelmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Navro‘z bayrami tantanasida Rossiya madaniyat markazi ko‘rgazmasi bilan tanishar ekan «Rus va O‘zbekiston — ular azaldan birga bo‘lgan va abadiy birga bo‘ladi», dedi. Shuningdek, u Ukraina va boshqa madaniyat markazlarining ko‘rgazmalariga tashrif buyurdi.
Shavkat Mirziyoyev «katta davlatlar» O‘zbekistondan qaror qabul qilib, taraf tanlashni so‘rayotgani haqida gapirdi. Gap Rossiyaning Ukrainaga qarshi mojarosi haqida ketmoqda. «Bir tomonman. Millatim, xalqim, buyuk O‘zbekistonimning manfaati uchun o‘lishga ham tayyorman, deb javob beraman», — dedi prezident.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting