Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 mart kuni «Yangi O‘zbekiston» istirohat bog‘ida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanada ishtirok etdi. Tadbir «O‘zbekiston 24» telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bayram tantanalaridan so‘ng Shavkat Mirziyoyev qozoq, qirg‘iz, turk, ozarbayjon, nemis, tatar, ukrain, rus va boshqa xalq hunarmandchiligi va milliy madaniyat markazlari ko‘rgazmalarini borib ko‘rdi.

Prezident Rus madaniyat markazi ko‘rgazmasi oldiga kelganida uni «O‘zbekiston va Rossiya» do‘stligi haqidagi qo‘shiq bilan kutib olishdi.

Shavkat Mirziyoyev markaz vakillarini qutlar ekan, «Eng muhimi, tinch va osoyishta yashayapmiz. Bu katta yutuq», — dedi.

«Qo‘shiqda to‘g‘ri aytilgan: Rus va O‘zbekiston — ular doimo birga bo‘lgan va bo‘ladi. Eng og‘ir damlarda biz birga bo‘lganmiz va birga bo‘lamiz», — deb ta’kidladi prezident.

Bungacha Shavkat Mirziyoyev «Pidmanula» qo‘shig‘ini kuylagan Ukraina madaniyat markazi vakillari bilan suhbatlashdi. Stend rus madaniyat markazi ko‘rgazmasi yonida edi.

россия, ukrainа, шавкат мирзиёев

Telekanal diktorining so‘zlari tufayli prezidentning Ukraina madaniyat markazi vakillari bilan suhbatini eshitish qiyin bo‘ldi.