«toshkent» tegli maqolalar


Toshkentga yangi avtobuslar, jumladan 2018 yilda xaridi taqiqlangan Isuzu`lar olib kelindi
16 dekabr 2022, 09:04

Toshkentga yangi avtobuslar, jumladan 2018 yilda xaridi taqiqlangan Isuzu`lar olib kelindi

Prezident topshirig‘idan so‘ng Toshkentga 20 ta MAN va 100 ta Isuzu avtobuslari keltirilib, haydovchilar qabuli haqida e’lon berildi. IIV avtoparkidan yana 30 ta Isuzu topshirildi. Biroq Isuzu`lar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilmagani sababli 2018 yildan ularni sotib olish taqiqlangandi.

Toshkentda Matiz yonib ketdi
14 dekabr 2022, 14:27

Toshkentda Matiz yonib ketdi

Olmazor tumanida harakatlanib ketayotgan Matiz yonib ketdi. Mashinadagi qisqa tutashuv o‘t chiqishiga sabab bo‘ldi.

«Bosh vazirga mart oyigacha Toshkentga 1000 ta avtobus olib kelish bo‘yicha topshiriq berdim» — prezident
13 dekabr 2022, 21:01

«Bosh vazirga mart oyigacha Toshkentga 1000 ta avtobus olib kelish bo‘yicha topshiriq berdim» — prezident

O‘zbekiston prezidenti bosh vazirga mart oyigacha Toshkentga 1000 ta avtobus olib kelish bo‘yicha topshiriq berdi. Avvalroq buncha miqdordagi avtobuslarni 2025 yil oxirigacha sotib olish rejalashtirilgan edi.

Toshkentda qozonxonalar gaz yetishmasligi sababli kerakli issiqlikni ishlab chiqara olmayapti
5 dekabr 2022, 22:34

Toshkentda qozonxonalar gaz yetishmasligi sababli kerakli issiqlikni ishlab chiqara olmayapti

Veolia Energy Tashkent poytaxtning ayrim tumanlarida tabiiy gaz yetishmasligi sababli qozonxonalarda zaruriy haroratdagi issiqlikni ishlab chiqara olmayotgani, bu esa isitish sifatining yomonlashishiga olib kelayotganini ma’lum qildi.

Foto: Qorli Toshkent
5 dekabr 2022, 13:15

Foto: Qorli Toshkent

Poytaxt bu yilgi qish mavsumida ilk bor oppoq choyshab bilan qoplandi. Bolalar xursandchiligidan tashqari qor piyodalar va mashinalar harakati, shuningdek, gaz va issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘ldi. «Gazeta.uz» muxbirlari Toshkentning qor bo‘ronidagi manzaralarini fotosuratlarga muhrladi.

Toshkentda aholi xonadonlarini gaz bilan ta’minlash uchun «zapravka»lar yopiladi
4 dekabr 2022, 22:50

Toshkentda aholi xonadonlarini gaz bilan ta’minlash uchun «zapravka»lar yopiladi

Havo keskin pasayishi ortidan shaharning ayrim hududlarida gaz va issiqlik ta’minotida uzilishlar kuzatilyapti. Kommunal xizmatlar gaz zaxirasini barcha iste’molchilarga teng taqsimlashga urinmoqda, biroq resurslar yetishmayapti. Shu bois gaz «zapravka»lar vaqtincha yopiladi, deya ma’lum qildi poytaxt hokimligi.

Toshkentda kvartiralarning 1 kv. metri narxi $1000 dan oshdi — PMTI
3 dekabr 2022, 19:12

Toshkentda kvartiralarning 1 kv. metri narxi $1000 dan oshdi — PMTI

Toshkentda kvartiralarning 1 kv. metrining o‘rtacha narxi yil davomida 27 foizga o‘sib, o‘rtacha 1078 dollarga yetdi, deya xabar bermoqda PMTI tahlilchilari. Poytaxtning beshta tumanida ko‘chmas mulk narxi shahardagi o‘rtacha narxlardan ancha yuqori.

Toshkentdagi Shimoliy temir yo‘l vokzali oldida joylashgan yer osti tunnelining bir tomoni 15 kunga yopiladi
1 dekabr 2022, 13:10

Toshkentdagi Shimoliy temir yo‘l vokzali oldida joylashgan yer osti tunnelining bir tomoni 15 kunga yopiladi

Mirobod tumani Shimoliy temir yo‘l vokzali oldida joylashgan yer osti tunnelining bir tomoni 1 dekabrdan 15 dekabrga qadar yopiladi.

Toshkentdagi 4 ta tumanning ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
28 noyabr 2022, 12:56

Toshkentdagi 4 ta tumanning ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

28 noyabr kuni Yakkasaroy, Shayxontohur, Yunusobod va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti cheklanmagan holda issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Toshkentda yangi ekspress yo‘nalishdagi Mercedes avtobusida yong‘in chiqdi
26 noyabr 2022, 15:53

Toshkentda yangi ekspress yo‘nalishdagi Mercedes avtobusida yong‘in chiqdi

Toshkentda shanba kuni «TTZ — Mashinasozlar» ekspress-yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanuvchi Mercedes-Benz Conecto Low Floor rusumli avtobusda yong‘in chiqdi. Ushbu yo‘nalish bo‘ylab harakatlar uch kun avval boshlangan edi. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.

Toshkentni qalin tuman qopladi (foto)
26 noyabr 2022, 09:36

Toshkentni qalin tuman qopladi (foto)

Shanba kuni ertalab Toshkentda quyuq tuman kuzatilmoqda. Aeroportda ba’zi reyslarning uchish va qo‘nishi kechiktirildi. Ayni daqiqalarda shahar qanday ko‘rinishga ega — fotosuratda.

Fransiyaning Alstom kompaniyasi Toshkentda tramvay yo‘llarini quradi
23 noyabr 2022, 18:02

Fransiyaning Alstom kompaniyasi Toshkentda tramvay yo‘llarini quradi

Fransiyaning Alstom mashinasozlik kompaniyasi Toshkentda tramvay yo‘llarini quradi. Loyiha qiymati 167,4 mln yevroga baholanmoqda. Liniyalardan biri “Do‘stlik” metro stansiyasidan boshlab, Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab o‘tishi mumkin.

Toshkentdagi birinchi pullik avtoturargohlar qayerlarda tashkil etiladi?
22 noyabr 2022, 15:59

Toshkentdagi birinchi pullik avtoturargohlar qayerlarda tashkil etiladi?

Toshkent shahar transport boshqarmasi birinchi pullik avtoturargohlarni joylashtirish bo‘yicha rejalarini e’lon qildi. 10 ta markaziy ko‘chada 57 ta parkomat o‘rnatgan holda 2251 ta to‘xtash joyi tashkil etiladi. Shuningdek, 2 ta evakuator va 2 ta qoidalarni nazorat qiluvchi elektron tizim (parkon) xarid qilinadi.

Toshkentda Qozog‘iston prezidenti saylovida ishtirok etganlar 96 foizni tashkil qildi
20 noyabr 2022, 23:11

Toshkentda Qozog‘iston prezidenti saylovida ishtirok etganlar 96 foizni tashkil qildi

Qozog‘istonning Toshkentdagi elchixonasida tashkil etilgan uchastkada 621 nafar saylovchidan 591 nafari ovoz berdi. Saylovda qatnashganlarning taxminiy ko‘rsatkichi 69 foizdan ko‘proqni tashkil qildi, eng yuqori — Jetisu viloyatida, eng kami esa — Olmaotada — 28,7%. Ostonada esa 48,6% saylovchi ishtirok etdi.

Toshkentda 20 yoshli ayol oilaviy janjal sabab o‘zini Bo‘zsuvga tashladi
19 noyabr 2022, 21:29

Toshkentda 20 yoshli ayol oilaviy janjal sabab o‘zini Bo‘zsuvga tashladi

Shahidlar xotirasi xiyobonida 19 noyabr kuni 20 yoshli ayol o‘zini Bo‘zsuv kanaliga tashladi. Uni ikki nafar Milliy gvardiya xodimi suvdan olib chiqib, qutqargan. Hozirda ayol hushiga kelgan, ahvoli barqaror.

Sergelidagi qurilish maydonida ko‘tarma kran quladi (to‘ldirildi)
19 noyabr 2022, 16:20

Sergelidagi qurilish maydonida ko‘tarma kran quladi (to‘ldirildi)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Yangihayot tumanida ko‘tarma kran qulagani haqida xabarlar tarqaldi. FVV hodisa Sergelida yuz berganini ma’lum qildi. Sergeli hokimligi kran qulagan vaqtda unda odam bo‘lgani haqidagi gap-so‘zlarni rad etdi. Qurilish mas’ullariga ko‘ra, qulagan kran endi utilizatsiya qilinadi.

Yashnobodda 16 ta daraxt noqonuniy kesib tashlandi, yetkazilgan zarar 3,5 mlrd so‘mga baholanmoqda
19 noyabr 2022, 12:41

Yashnobodda 16 ta daraxt noqonuniy kesib tashlandi, yetkazilgan zarar 3,5 mlrd so‘mga baholanmoqda

Toshkentda Assalom Havo turar joy majmuasi qurilishi rejalashtirilgan maydonda 16 ta daraxt noqonuniy kesib tashlangan. obyekt quruvchisi sifatida Yangi Zamon Bino kompaniyasi ko‘rsatilgan, uning hammuassislaridan biri — «O‘zbekiston temir yo‘llari»dir. Yetkazilgan zarar 3,5 mlrd so‘mga baholanmoqda.

Toshkentda yana 4 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi
15 noyabr 2022, 17:48

Toshkentda yana 4 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi

Poytaxtda yana Equinox, Mercedes-Benz va Nexia ishtirok etgan avariya sodir bo‘ldi. To‘rtinchi mashina esa — Labo. YTH oqibatida 3 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
15 noyabr 2022, 09:43

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Poytaxtning Amir Temur ko‘chasida Lada Vesta, Equinox, Mercedes-Benz va Nexia ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Voqea sabab Equinox avtomobili ag‘darildi, haydovchiga tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Toshkentda Lexus bilan to‘qnashgan Captiva`da yong‘in kelib chiqdi
8 noyabr 2022, 10:04

Toshkentda Lexus bilan to‘qnashgan Captiva`da yong‘in kelib chiqdi

Yunusobod tumanida Lexus va Captiva to‘qnashdi. Oqibatda Captiva`da yong‘in sodir bo‘ldi. Jarohatlangan haydovchilar va yo‘lovchilar shifoxonaga yotqizildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting