2022 yilning 9 avgust kuni Toshkent shahar Muqimiy ko‘chasida joylashgan binolarning birida yong‘in yuz berdi. FVVning bayonot berishicha, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji hodisa joyiga yetib borgan.

Yangi qurilayotgan 4 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lgan hudud soat 12:43 da qurshab olingan va soat 12:50 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida binoning tomi ichki qoplapmasiga sintepon bilan ishlov berilgan qismining taxminan 900 kv.m. maydoni yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deya xabar beriladi.