«Toshkent-Volgograd-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi poyezdi 25 iyundan qatnay boshlaydi, deb xabar berdi «O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot xizmati.

«Toshkent-Volgograd-Toshkent» yo‘nalishidagi 324/323-sonli poyezd «Markaziy Toshkent» vokzalidan shanba kunlari soat 23:58 da jo‘naydi, poyezdning Volgograd vokzaliga seshanba kuni soat 09:56 da yetib borishi rejalashtirilgan.

Volgograd shahridan Toshkentga qarab esa poyezd seshanba kuni soat 19:59 da harakatni boshlaydi. «Markaziy Toshkent» vokzaliga esa juma kuni soat 06:54 da yetib keladi.

Poyezd 11 ta vagondan iborat bo‘lib, shundan 3 tasi kupe, 7 tasi esa platskart o‘rinlardan iborat. Temir yo‘l orqali bosib o‘tiladigan shaharlar orasidagi masofa 2996 kmni tashkil etiladi. Poyezd taqriban 60 soat yuradi.

Bitta platskart o‘rin uchun chipta narxi 1 368 290 so‘m, kupe o‘rin uchun esa 2 142 270 so‘m.