Toshkentdagi Navoiy shoh ko‘chasining Xadra maydonidan (Furqat ko‘chasi) Chorsu maydonigacha (Beruniy va Samarqand darvoza ko‘chalari bilan kesishmasigacha) bo‘lgan oralig‘i 17 avgust soat 08:00 dan yopiladi. Bu haqda poytaxt ma’muriyati matbuot xizmati xabar qildi.

Ko‘cha yo‘l qurilishi ishlari yakuniga yetguniga qadar yopiq holatda bo‘ladi. Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilindi.

Bir necha kun muqaddam ko‘chaning Abay chorrahasidan Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yo‘l qurilishi ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan yopilgan edi.