20 iyun dushanba kuni Toshkentda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib o‘tdi. Yog‘ingarchilik sababli shaharning qator markaziy ko‘chalarini suv bosdi. «Gazeta.uz» mazkur holatlar aks etgan tasvirlarni bir sahifaga jamladi.

Dushanba tonggida hammasi osmonning mana shu ko‘rinishidan boshlangan edi. Undan so‘ng kuchsiz yomg‘ir tomchilari qisqa muddatda quruq yerni namlantirdi.

Orada tanaffus bilan yog‘ingarchilik to‘xtadi, ko‘p vaqt o‘tmay yana yog‘ishni boshladi. Biroq, keyingi galda ancha kuchli va shiddatli bo‘ldi. Uning ta’sirini nafaqat odamlar, balki, jonivorlar ham sezdi.


Shundan so‘ng, poytaxt yo‘llarida yomg‘ir suvlari to‘planib, mashinalar harakatida noqulayliklar keltirib chiqardi.


Foto: «Gazeta.uz»



Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Shuningdek, yomg‘ir Olmazor tumanidagi Riviera Mall savdo markazining do‘konlarigacha kirib bordi.

Riviera Mall savdo markazi. Foto: Irina Matviyenko.


«Ashxobod» istirog‘at bog‘i yaqinidagi most. Foto: ijtimoiy tarmoqlar

Bundan tashqari, Yangi Navoiy ko‘chasida ham yomg‘ir butun ko‘chalarni to‘ldirdi.

Eslatib o‘tamiz, haftaning birinchi yarmi yomg‘irli, ikkinchi yarmi esa quruq bo‘lishi kutilmoqda.

Video