«Qodiriya» bosh suv inshootida yuzaga kelgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq nosozlik sababli poytaxtning ayrim hududlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda «O‘zsuvta’minot» matbuot xizmati xabar berdi.

️Maxsus ta’mirlash guruhi tomonidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq nosozlikni bartaraf etish ishlari jadal davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Yaqin soatlarda suv ta’minoti qayta tiklanadi. Kompaniya keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.