10 avgust kuni kechqurun Toshkentning Chilonzor tumani Beshag‘och ko‘chasida qurilayotgan besh qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston FVV xabariga ko‘ra, binoning to‘rtinchi qavatida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar soat 19:37 da kelib tushgan. Soat 19:42da voqea joyiga 6 kishilik o‘t o‘chirish-qutqaruv guruhi yetib keldi. Soat 20:30da yong‘in qurshab olingan va 20:39da to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida qurbonlar yo‘q. Hozirda mas’ul idoralar yong‘in sabablarini o‘rganib, yetkazilgan zararni baholamoqda.

Bir kun avval Yakkasaroy tumani Muqimiy ko‘chasida qurilayotgan to‘rt qavatli uyda ham yong‘in sodir bo‘lgan edi.