«toshkent» tegli maqolalar


So‘nggi 5 yilda Toshkentda birorta ham bola o‘g‘irlash holati qayd etilmagan — IIBB
25 fevral 2023, 16:48

So‘nggi 5 yilda Toshkentda birorta ham bola o‘g‘irlash holati qayd etilmagan — IIBB

Oxirgi vaqtlarda bola o‘g‘irlash bilan bog‘liq xabarlar ko‘paygani munosabati bilan Toshkent shahri IIBB brifing o‘tkazdi. Unga ko‘ra, poytaxtda so‘nggi 5 yilda birorta ham bunday holat qayd etilmagan. 2022 yilda 231 nafar voyaga yetmagan bola bedarak yo‘qolgan, ammo ularning bari topilgan.

Toshkentning yangi qiyofalari. Qurilishlar poytaxtning me’moriy qiyofasini qanday o‘zgartirdi?
25 fevral 2023, 10:45

Toshkentning yangi qiyofalari. Qurilishlar poytaxtning me’moriy qiyofasini qanday o‘zgartirdi?

Oxirgi yillarda shaharning rivojlanib borishi va qurilishlar sonining ko‘payishi Toshkent qiyofasini o‘zgartirib yubordi. Binolar xuddi kardiogramma chiziqlari kabi tobora yuqoriga qarab intilib bormoqda. Osmono‘par binolar va kranlarning poytaxt odatiy qiyofasiga ta’siri Yevgeniy Sorochin obyektivida.

Toshkent jamoat transportida yo‘l haqini 2000 so‘mgacha oshirish taklif etilmoqda
24 fevral 2023, 18:03

Toshkent jamoat transportida yo‘l haqini 2000 so‘mgacha oshirish taklif etilmoqda

1 apreldan poytaxt jamoat transportida yo‘lkira narxini oshirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, bir martalik to‘lov naqd pulda 2000 so‘m, elektron to‘lovda 1800 so‘m, ATTO orqali 1600 so‘m bo‘lishi mumkin. Bir soat ichida avtobusdan avtobusga o‘tish arzonlashadi, keyingi o‘tishlar esa bepul bo‘ladi.

Yunusoboddagi ko‘chaga Usmon Nosir nomi berildi
23 fevral 2023, 14:42

Yunusoboddagi ko‘chaga Usmon Nosir nomi berildi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan Yunusobod tumani «Buyuk Turon» mahallasidagi (Oloy bozori orqasidagi) ko‘chalarning biriga Usmon Nosir nomi berildi.

Toshkentda ommaviy mushtlashuvda qatnashgan 28 kishi qamaldi
22 fevral 2023, 17:40

Toshkentda ommaviy mushtlashuvda qatnashgan 28 kishi qamaldi

Yakkasaroy tumanida qurilishda ishlovchi 30 dan ortiq fuqaro mushtlashdi. Sud ularning 28 nafariga 10 va 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Toshkentda davlat tashkilotlariga quyosh panellari o‘rnatishga salkam 400 mlrd so‘m yo‘naltiriladi
21 fevral 2023, 15:51

Toshkentda davlat tashkilotlariga quyosh panellari o‘rnatishga salkam 400 mlrd so‘m yo‘naltiriladi

Toshkent shahridagi 1000 dan ortiq budjet tashkilotiga quyosh batareyalari o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Buning uchun 390 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

Poytaxtda 7 ta viloyat hokimliklariga mehmonxona qurish uchun yer ajratiladi
21 fevral 2023, 12:14

Poytaxtda 7 ta viloyat hokimliklariga mehmonxona qurish uchun yer ajratiladi

Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov 7 ta viloyat hokimliklariga mehmonxona qurish uchun yer ajratish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Hukumat Toshkentda ko‘p qavatli avtoturargohlar quradi
20 fevral 2023, 12:38

Hukumat Toshkentda ko‘p qavatli avtoturargohlar quradi

Hukumat poytaxtda ko‘p qavatli avtoturargohlar qurishni rejalashtirmoqda. Buning uchun maxsus davlat muassasasi tashkil etiladi va unga yer maydonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratiladi. Dastlab transportlar ko‘p to‘planuvchi 4 ta manzilda turargoh barpo etiladi. Ular onlayn auksionda tadbirkorlarga sotiladi.

Toshkentda 2 ta YTHda 5 kishi jarohatlandi
20 fevral 2023, 10:33

Toshkentda 2 ta YTHda 5 kishi jarohatlandi

Sergeli va Yunusobod tumanlarida ro‘y bergan 2 YTHda jami 5 kishi jarohat oldi. Mashinalardan biri yonib ketdi. Holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Poytaxt IIBB xavfsiz turizmni ta’minlashga ko‘ngillilarni jalb qilmoqda
20 fevral 2023, 09:13

Poytaxt IIBB xavfsiz turizmni ta’minlashga ko‘ngillilarni jalb qilmoqda

Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtga kelgan xorijiy va mahalliy sayyohlar xavfsizligini ta’minlash uchun yordamchi sifatida ko‘ngillilarni jalb qilmoqda. Bunda volontyorlar bir nechta talablarga javob berishi kerak bo‘ladi.

1 apreldan Toshkent jamoat transportida moslashuvchan tariflar joriy etiladi
18 fevral 2023, 15:26

1 apreldan Toshkent jamoat transportida moslashuvchan tariflar joriy etiladi

Toshkent shahrida 1 apreldan jamoat transportida yo‘l haqi to‘lashning moslashuvchan tizimi (1 soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tariflar) joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Elektron to‘lovlar uchun chegirmalar qo‘llanadi.

Toshkentda yugurish musobaqasi sababli bir nechta markaziy ko‘chalar yopiladi
18 fevral 2023, 11:06

Toshkentda yugurish musobaqasi sababli bir nechta markaziy ko‘chalar yopiladi

Poytaxtning qator markaziy ko‘chalari 19 fevral kuni «Men g‘olib» ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan yopiladi.

Toshkentga 200 ta 18 metrli “garmoshkali avtobus” olib kelinadi
18 fevral 2023, 09:53

Toshkentga 200 ta 18 metrli “garmoshkali avtobus” olib kelinadi

Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta 18 metrli va 500 ta 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobus olib kelinadi. 18 metrli transportning qayrilish darajasi yo‘l parametrlariga to‘g‘ri kelishi uchun uning o‘rtasi “garmoshkali” tarzda bo‘ladi.

Yashnobod tumani sudi sudyasi $4 ming olganlikda gumonlanmoqda
17 fevral 2023, 15:40

Yashnobod tumani sudi sudyasi $4 ming olganlikda gumonlanmoqda

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi sudyasi (erkak) 4000 dollar olganlikda gumonlanmoqda. Sudyalar oliy kengashi bosh prokuror taqdimnomasiga ko‘ra uni javobgarlikka tortishga rozilik berdi va sudyalik vakolatini tugatdi. Oliy sud roziligi bilan sudya qamoqqa olindi.

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
16 fevral 2023, 20:40

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentdagi Talabalar shaharchasida 5 ta avtomobil to‘qnashdi. Jabrlanganlar yo‘q.

Toshkentdagi Milavitsa do‘koni modellar suratini vitrinaga qaytardi
16 fevral 2023, 16:04

Toshkentdagi Milavitsa do‘koni modellar suratini vitrinaga qaytardi

Toshkentdagi Milavitsa ichki kiyimlar do‘koni modellar suratini vitrinaga qaytarib, ularning bir qismini almashtirdi. Suratlar internetdagi tanqid va tuman hokimligi bilan o‘tkazilgan «tushuntirish suhbati»dan so‘ng olib tashlangandi. Hokimlik esa do‘konni suratlarni olib tashlashga majburlamaganini bildirdi.

Metro qurilishi sababli Toshkentning ayrim hududlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
13 fevral 2023, 09:46

Metro qurilishi sababli Toshkentning ayrim hududlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Yerusti metrosi qurilishidagi ishlar sababli Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim joylarida suv ta’minoti 13 fevral kuni soat 20:00 gacha to‘xtatildi. Bu hududlarga suv maxsus texnikalarda yetkazib beriladi.

Toshkentda yog‘ingarchilik tufayli yangi trotuar va veloyo‘laklarga shikast yetdi
10 fevral 2023, 14:45

Toshkentda yog‘ingarchilik tufayli yangi trotuar va veloyo‘laklarga shikast yetdi

Kuchli qor yog‘ishi va qattiq sovuqdan so‘ng Toshkentdagi yangi beton trotuarlar va veloyo‘laklar buzila boshladi. Hokimlik ularni ta’mirlash bo‘yicha reja ishlab chiqilgani, ob-havo yaxshilanishi bilan ish boshlanishini bildirdi.

Toshkentda chiqindilarni qayta ishlash hajmini 50 foizga oshirish topshirildi
8 fevral 2023, 19:56

Toshkentda chiqindilarni qayta ishlash hajmini 50 foizga oshirish topshirildi

O‘zbekiston prezidenti Toshkentda chiqindilarni qayta ishlash hajmini kamida 50 foizga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Hozirda bu ko‘rsatkich 18 foizni tashkil etadi.

Xalq nazorati xizmati orqali yer va daraxtlardagi elektr kabellari haqida xabar berish mumkin
8 fevral 2023, 11:10

Xalq nazorati xizmati orqali yer va daraxtlardagi elektr kabellari haqida xabar berish mumkin

Daraxtlarga osilgan yoki yerda yotgan elektr kabellarini ko‘rgan Toshkent shahri aholisidan Xalq nazorati portali orqali xabar berishlari so‘ralmoqda. Hokimlik anomal sovuq paytida tezroq elektr uzatib berish uchun simlar shu tarzda o‘tkazilganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting