Toshkent shahrining Sergeli va Yunusobod tumanlarida 18 fevral kuni 2 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt YHXB ma’lum qildi.

Yangi Sergeli ko‘chasida soat 06:45 MAN avtobusi hamda Lacetti avtomashinasi ishtirokida YTH ro‘y berdi. Ҳодиса oqibatida 3 fuqaro jarohat olgan.

Shuningdek, Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi Xotira maydoni qarshisida ham YTH sodir bo‘ldi. Unda Cobalt, Spark, Gentra va Matiz avtomobillari to‘qnashdi.

Oqibatda Cobalt avtomashinasida yong‘in kelib chiqqan. FVV xodimlari tomonidan yong‘in bartaraf etilgan. Hodisa sababli Cobalt hamda Matiz haydovchilari jarohat olgan.

Har ikki holat yuzasidan shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.