Metro qurilishi sababli poytaxtning ikki tumani — Sergeli va Yangihayotda joylashgan ba’zi mahalla va muassasalar 13 fevral kuni soat 09:00 dan 20:00 gacha vaqtincha suv ta’minotidan uzildi, deb xabar bermoqda «O‘zsuvta’minot» AJ axborot xizmati.

Qayd etilishicha, Sergeli tumani Qipchoq (Xonobod) ko‘chasi bo‘ylab THAYdan Fayzli ko‘chasigacha bo‘lgan hududda yerusti metrosi qurilishi jarayonida diametri 1000 mm bo‘lgan tarmoqlarning ko‘chirib o‘tilishi sababli ta’minot vaqtincha to‘xtatildi.

Sergeli tumani bo‘yicha tarmoqdan uzilgan hududlar:

  • «Daryo bo‘yi», «Fayzli», «Jaloir», «Qipchoq», «Sug‘diyona», «Sofdil», «O‘zgarish», «Habibiy», «Mehrigiyo», «Yangi Sergeli», «Ezgulik», «Madadkor», «Ziynat», «Ittifoq», «Nilufar», «Bunyodobod» mahallalari.
  • Yirik sanoat korxonalari, jumladan, «Rersi» zavodi, «Mo‘’tabar» un zavodi, g‘isht zavodi, keramika zavodi, Bojxona ombori, OBD qozonxonasi.
  • Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi hamda sog‘liqni saqlash muassasalari.

Yangihayot tumani bo‘yicha:

«Qipchoq», «Yo‘ldosh», «Al-Farg‘oniy», «Viqor», «Olchazor», «Do‘stlik», «Chortoq», «Charog‘on», «Toshkent», «Ibrat», «Iqbol», «Humo», «Yangi Umid», «Yorqin xayot», «Marhamat» mahallalari.

Xizmat ko‘rsatish hamda ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, 37-sonli polklinika, 1-sonli tug‘uruq kompleksi, Teri-tanosil shifoxonasi, o‘likxona, Yangihayot tumani hokimiyati binosi, non ishlab chiqarish korxonasi, 12-sonli avtobus saroyi, ko‘tarma nasos stansiyasi, «Grin park» bog‘i, «Evrika» bolalar bog‘chasi, metall zavodi.

Ta’kidlanishicha, ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan hududlarga suv maxsus texnikalarda yetkazib beriladi.