Toshkent shahrida «Men g‘olib» ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan 19 fevral kuni soat 07:00 dan soat 09:30 gacha bir nechta markaziy ko‘chalar yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar qildi.
Xususan,
- Xalqlar do‘stligi san’at saroyi oldi maydonidan Furqat ko‘chasi bo‘ylab Beshyog‘och ko‘chasi kesishgan joyigacha;
- Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan joyigacha;
- Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur shohko‘chasi bilan kesishgan joyigacha;
- Amir Temur shohko‘chasi bo‘ylab Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘li bo‘ylab Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan joyigacha;
- Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Xalqlar do‘stligi san’at saroyi oldi maydonigacha bo‘lgan ko‘chalarda avtomobillarning harakatlanishiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatiladi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi.