Daraxtlar yoki yerda yotgan elektr kabellarini ko‘rgan Toshkent aholisidan Xalq nazorati xizmati orqali shahar hokimiyatiga xabar berish so‘raldi.

Hokimlik xabariga ko‘ra, anomal sovuq havo kuzatilganida shaharda gaz bosimi kamaydi, shu sababdan xonadonlar va boshqa obyektlar yetarlicha issiqlik bilan ta’minlanmadi. Oqibatda aholi elektr isitkich moslamalaridan keng foydalanishni boshladi, bu esa elektr tarmoqlarida ko‘plab uzilishlarni keltirib chiqardi.

Keyinchalik transformatorlar ishdan chiqishni boshladi. Elektr ta’minoti simlari yaroqsiz holga keldi. Vaziyatni o‘nglash uchun favqulodda rejimda ishlash boshlandi.

халқ назорати, ҳудудий elektr tarmoqlari, тошкент

Murojaatlarni imkon darajasida tezroq qanoatlantirish va uylarga tezroq elektr uzatib berish uchun ayrim elektr simlari daraxtlar, yoritish ustunlari yoki shunchaki yerlab o‘tkazildi. Bu ishni nafaqat Toshkent HET xodimlari, balki chetdan jalb qilingan mutaxassislar bajardi. Endi Hududiy elektr tarmoqlari korxonasining Toshkent shahri boshqarmasi ushbu simlarni barcha standartlarga mos tarzda o‘tkazishi kerak. Bu aholi xavfsizligi va simlarga shikast yetmasligi uchun muhim, — deyiladi axborotda.

Aholidan agar elektr simlarini daraxtlarda, yerda yoki yoritkich ustunlarida ko‘rib qolsa, ularni rasmga olib, Xalq nazorati xizmati orqali hokimlikka xabar berishi so‘raldi.

халқ назорати, ҳудудий elektr tarmoqlari, тошкент

Xalq nazorati xizmatidan Xalq nazorati sayti orqali yoki App Store, Google Play va App Gallery`dagi mobil ilova orqali foydalanish mumkin.

Servisda quyidagi bo‘limlarni tanlash kerak:

«Jamoat joyi» — «Muhandislik kommunikatsiyalari» — «Elektr kabel tarmoqlarining shikastlanishi» (yoki «Transformatorli podstansiyalarning texnik holati»).

«Gazeta.uz» Xalq nazorati portaliga smartfon orqali qanday murojaat qilish mumkinligi bo‘yicha batafsil qo‘llanma e’lon qilgan.