Toshkent shahrida jamoat transportidagi yo‘lkira narxini 2000 so‘mgacha oshirish taklif etilmoqda. Bu haqda 24 fevral kuni AOKAda jamoat transporti bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri.

Jamoat transportining jozibadorligini ta’minlash, yo‘nalishlarda barqaror harakat tezligini ta’minlash, aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida vaqtga biriktirilgan differensial tarif rejalari aprel oyidan joriy etiladi. Bunda:

  • bir soat ichida avtobusdan avtobusga birinchi marta o‘tish 70 foizgacha arzonlashadi;
  • ikkinchi va keyingi o‘tishlar yo‘lovchi uchun bepul bo‘ladi;
  • avtobusdan metroga yoki metrodan avtobusga o‘tishda tarif 30 foizgacha arzonlashadi.

jamoat transporti, тошкент

Shuningdek, jamoat transportidan kunlik aktiv foydalanuvchilar uchun bir kunlik limitsiz tariflar joriy etiladi.

Bundan tashqari, aprel oyidan «Brutto kontrakt» tizimi joriy etilishi orqali tashuvchilar yo‘lkira haqi tushumlari bo‘yicha javobgarlikdan xalos bo‘lgan holda yangi kriteriyalar, ya’ni tashuvlar sifati va hajmi bo‘yicha baholanadigan va moliyalashtiriladigan tizimga o‘tiladi.

Bunda tashuvchi bilan hisob-kitoblar shartnoma shartlari asosida amalga oshirilgan qatnovlar, harakat tarkibi soni, muntazamlik, belgilangan intervallarga rioya etilishi kabi shartlar bajarilgani bo‘yicha baholangan holda amalga oshiriladi.

jamoat transporti, тошкент