Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyatida madaniy meros obyektlariga zarar yetkazgan shaxslarni aniqladi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Xususan, Nurafshon shahridagi shlakoblok ishlab chiqaruvchi MCHJ rahbari A.U. hokimiyat tizimidagi mansabdor shaxslar bilan kelishgan holda qalbaki hujjatlar asosida hududdagi «Ulkan To‘ytepa» arxeologiya yodgorligining 30 sotix yer maydonini o‘z nomiga rasmiylashtirib olgan.

Oqibatda madaniy meros obyektiga 306 million 720 ming so‘m miqdorida zarar yetgan. Sud qaroriga ko‘ra, MCHJ rahbari A.U. 1 yilu 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

дхх, madaniy meros объекти, тошкент вилояти

Shuningdek, 2018 yilda Qibray tumanidagi «Qilichli ota» ziyoratgohida qayta ta’mirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish uchun qurilish sohasida faoliyat yurituvchi MCHJga 355 million 473 ming so‘m miqdorida budjet mablag‘i ajratilgan.

Biroq MCHJ rahbari N.H. hisob-fakturalarga soxta ma’lumotlar kiritib, ish hajmini qo‘shib yozish orqali 263 million 286 ming so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgan. Sud hukmiga ko‘ra, N.H.ga 5 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.