FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 8-may tongida Toshkent viloyatida zilzila qayd etildi.

Mahalliy vaqt bilan 08:46 da (Grinvich bo‘yicha 03:46 da) zilzila sodir bo‘ldi. Epitsentr: Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani. Zilzila koordinatalari: 41,94 gradus shimoliy kenglik; 70,29 gradus sharqiy uzunlik.

Magnituda M=3,2. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 117 km shimoli-sharqda joylashgan.

So‘nggi bor O‘zbekistonda 3-may kuni kuchsiz zilzila sezilgandi. Uning epitsentri Afg‘onistonda bo‘lib, u yerda zilzila kuchi 5 ballni tashkil etgan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

“O‘xshash xabarlar” bo‘limida zilzila haqidagi afsona va haqiqatlar, shuningdek, yer qimirlagan paytda nima qilish va unga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerakligi xususida materiallar bilan tanishish mumkin.