23 mart kuni soat 14:30 larda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida erkak ikki nafar tanishini o‘ldirib, yoqib yubordi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

«Nurli diyor» MCHJda agronom bo‘lib ishlagan 1961 yilda tug‘ilgan K.A. va firma mutaxassisi bo‘lgan 1984 yilda tugilgan S.G. Yangiyo‘l tumanida yashovchi B.J.ning oldiga borgan. Undan ijaraga berilgan yer maydonlari uchun 40 million so‘m miqdorda haq talab qilgan.

Shu vaqt o‘rtalarida kelib chiqqan nizo jarayonida B.J. pul bermaslik maqsadida ularni dala shiyponiga olib kirib, ikkalasini oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgan. So‘ng o‘zining jinoiy harakatlarini yashirish maqsadida murdalarni yoqib yuborib, qolgan tana qoldiqlarini ariq bo‘yga tashlab yuborgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-kismi «a», «j», «i» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.