Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi o‘z farzandlarini qiynoqqa solayotgani aks etgan video tarqaldi. Bu esa tarmoq foydalanuvchilarining keskin tanqidlariga sabab bo‘lmoqda.

Bosh prokuratura axborot xizmatining ma’lum qilishicha, surishtiruv davomida tasvirdagi erkak Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi “Guliston” mahallasida yashovchi 30 yoshli A. N. ekanligi aniqlangan. U 2022-yil sentabrda oilaviy kelishmovchiliklar sababli turmush o‘rtog‘i N. F.dan o‘ch olish maqsadida 2 yoshli farzandini muttasil ravishda turli qiynoqlarga solib, ushbu jarayonni uyali telefon apparatiga videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.

“Mazkur holat yuzasidan 2023-yil 13-may kuni Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A. N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi „a“ bandi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, — deyiladi prokuratura axborotida.

Ta’kidlanishicha, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Avvalroq, 23 yoshli kattaqo‘rg‘onlik ayol Rossiyada ishlab yurgan eriga jahl qilib, bolasini qiynaganini tasvirga olgani va turmush o‘rtog‘iga yuborgani haqida xabar ma’lum qilishicha