Toshkent viloyati Piskent tumanida joylashgan “Janubiy” avtopoligonida 5 fevral kuni ko‘pkari bo‘yicha yirik musobaqa bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” muxbiri Madina A’zam. Unga 100 ming nafardan ortiq uloq ishqibozlari to‘plandi.

Nafaqat O‘zbekistonning turli hududlaridan, balki Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan kelgan chavandozlar ishtirokidagi bellashuvlarni minglab tomoshabinlar kuzatib bordi.

“Ko‘pkari daragini eshitib, chor-atrofdan kattayu kichik yig‘ilgan. Maydonda shijoat bilan uloq talashayotgan otliqlarning baqir-chaqiri ko‘pkari ishqibozlarining qiy-chuvi bilan qorishib ketgan”, — deydi “Gazeta.uz” muxbiri.

Piskentda bo‘lib o‘tgan ko‘pkarida ham 100 ming nafardan ziyod uloq ishqibozlari to‘plandi. Nafaqat respublika, balki Markaziy Osiyoga mashhur chavandozlar yulduz otlari bilan qatnashdi. Bosh sovringa qo‘yilgan 5 ta avtomobil, umra ziyoratiga yo‘llanmalar, 40 tadan ortiq tuya, toy va buqa va boshqa qimmatbaho sovrinlar g‘oliblarga topshirildi.