Toshkent viloyati Chirchiq shahrida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, 12 yanvar kuni shaharning «Ma’rifat» mahallasidagi dala hovlida yashagan, 1953 yilda tug‘ilgan A.Sh. va turmush o‘rtog‘i — 1963 yilda tug‘ilgan X.Sh. is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Ular uyni isitish maqsadida chala yongan ko‘mirni yotoqxonaga olib kirgan va ko‘mirdan is gazi chiqqan. Hozirda shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.