Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, podpolkovnik Mansur Muratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Beruniy tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar Mansur Muratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Kegeyli tumani IIB boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga podpolkovnik Nietbay Adilbekov tayinlandi. Tayinlovga qadar Nietbay Adilbekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Jamshid Tangriev Buxoro viloyati IIB Olot tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Tangriev Buxoro viloyati IIB Qorako‘l tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Buxoro viloyati IIB Shofirkon tumani IIB boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga podpolkovnik Azamat Ismoilov tayinlandi. Tayinlovga qadar Ismoilov Buxoro viloyati IIB Buxoro shahar IIO FMB bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Obidjon Ro‘zimurodov Navoiy viloyati IIB Xatirchi tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar Ro‘zimurodov Navoiy viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Navoiy viloyati IIB Konimex tumani IIBga esa podpolkovnik Anvar Rajabov boshliq etib tayinlandi. Tayinlovga qadar Rajabov Navoiy viloyati IIB Xatirchi tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.