30 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Qonunchilik palatasi yig‘ilishida deputatlar Narzullo Oblomurodovning nomzodini Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qulladi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

U shu kunga qadar O‘zbekiston Ekologik partiyasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. oktabr oyidagi prezidentlik saylovlarida ushbu partiyaning nomzodi sifatida ishtirok etib, 4,1% saylovchilarning ovozini olgan edi.

Ekoqo‘mitaning oldingi rahbari Alisher Maqsudov avgust oyida prezident tanqididan so‘ng lavozimidan ozod etilgan edi.