Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziriga o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unga ko‘ra, Navoiy shahridagi «Humo Zilola barhayot» professional boshqaruv kompaniyasi rahbari Ozoda Jurayeva uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan vazir o‘rinbosari Nazirjon Nazirov o‘z lavozimidan ozod etildi. U 2017 yildan beri ushbu lavozimda faoliyat olib borayotgan edi.