Muzaffar Komilov prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

U bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimini saqlab qoldi.

Muzaffar Komilov 2018 yil aprel oyidan beri Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

O‘tgan yil may oyidan beri prezident maslahatchisi lavozimini egallab kelgan Shoazim Minovarov Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari lavozimini saqlab qoldi.