Adliya katta maslahatchisi Bektosh Sayipov Namangan viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura «Gazeta.uz»ga ma’lum qidi.

Bektosh Sayipov yangi lavozimga tayinlangunga qadar 2021 yilning martidan boshlab Buxoro viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan.

Oldinroq, Namangan viloyati prokurori Jahongir Hatamov Samarqand viloyati prokurori etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.