24 noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Norvegiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi (qarorgohi Oslo shahrida) etib tayinlangan Jon Mikal Kvistadni qabul qildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, vazir Elchini yuqori mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va faoliyatiga omad tiladi.
Foto: Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Norvegiya munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorligi muhokama qilindi.
Bo‘lajak tadbirlar, xususan, vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazish jadvali ko‘rib chiqildi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik ayrim masalalar, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.