Nasibulla Mo‘minov Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Nasibullo Mo‘minov.

Bungacha u Andijon viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bundan tashqari, Andijon viloyatining 2 tumaniga yangi hokimlar ham tayinlandi, deya Daryo xabar bermoqda.

Viloyatning Xo‘jaobod tumaniga O‘tkirbek Shukurov hokim etib tayinlandi. Bunga qadar u viloyat hokimining Yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

O‘tkirbek Shukurov.

Paxtaobod tumaniga esa Elyorbek Usmonov hokim bo‘ldi. Tayinlovga qadar u Markaziy Bankning Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i edi.

Elyorbek Usmonov.