Prezidentning 30 dekabrdagi qarori bilan Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda 31 dekabr kuni TIV hay’ati yig‘ilishida e’lon qilindi.

Vladimir Norov bunga qadar 2019−2021 yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi lavozimida ishlagan. Norov Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik darajasiga ega.

Vladimir Norov 2017—2019 yillarda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori lavozimida ishlagan.

U turli yillarda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir, prezidentning davlat maslahatchisi, O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi va boshqa lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.