O‘zbekiston hukumatining 16 dekabrdagi qarori bilan Shaxriyor Axtamovich Nurulloyev Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

«Nigoh» Telegram-kanalining aniqlik kiritishicha, Shaxriyor Nurulloyev bunga qadar Prezident Administratsiyasida mas’ul lavozimda ishlagan.

Noyabr boshida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Tursunali Qo‘ziyevning Madaniy meros agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangani haqida xabar qilingan edi.

Aprel oyida Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti vaxorijdagi O‘zbekiston madaniy boyliklarni o‘rganish markazi asosida Madaniy meros agentligi tashkil etilgan edi.