O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari Shayakubov Babur Axmadjanovich lavozimidan ozod etildi.

Nigoh Telegram-kanali xabar berishicha, u O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Akademiyaning avvalgi boshlig‘i Shavkatbek Mamajonov esa Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti boshlig‘i etib tayinlangan.