«tayinlov» tegli maqolalar


Bahriddin Valiyev Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
12 fevral 2021, 16:06

Bahriddin Valiyev Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Toshkent prokurori bo‘lib faoliyat yuritgan Bahriddin Valiyev Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Andijon viloyati hokimining sobiq birinchi o‘rinbosari Andijon tumani hokimi bo‘ldi
11 fevral 2021, 15:51

Andijon viloyati hokimining sobiq birinchi o‘rinbosari Andijon tumani hokimi bo‘ldi

Abdujabbor Egamberdiyev Andijon tumani hokimi vazifasiga tayinlandi. Tayinlovdan avval u viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Qo‘rg‘ontepa tumaniga yangi hokim tayinlandi
11 fevral 2021, 12:43

Qo‘rg‘ontepa tumaniga yangi hokim tayinlandi

Elyorbek Nabijonov Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi vazifasiga tayinlandi. Tayinlovdan avval u Qo‘rg‘ontepa tumani «Khantex Group» MCHJ kuzatuv Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Andijon viloyati IIB boshqarma boshlig‘i hokim o‘rinbosari bo‘ldi
11 fevral 2021, 12:35

Andijon viloyati IIB boshqarma boshlig‘i hokim o‘rinbosari bo‘ldi

Maxamadjon Nishonov Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bundan avval, u viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
11 fevral 2021, 10:33

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Otabek Tursunov Andijon viloyati hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Mirzohid Ubaydullayev Farg‘ona hokimi etib tayinlandi
9 fevral 2021, 21:09

Mirzohid Ubaydullayev Farg‘ona hokimi etib tayinlandi

Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan Mirzohid Ubaydullayev Farg‘ona shahar hokimi bo‘ldi. Shaharning avvalgi hokimi prezident tanqididan so‘ng ishdan bo‘shatilgan edi.

Ravshan Xaydarov Toshkent shahar FVBga boshliq etib tayinlandi
9 fevral 2021, 14:24

Ravshan Xaydarov Toshkent shahar FVBga boshliq etib tayinlandi

Toshkent shahar Faqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Ravshan Xaydarov tayinlandi. U bundan avval FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti boshlig‘i bo‘lgan.

Abdumannop Tulyaganov prezident maslahatchisi o‘rinbosari bo‘ldi
9 fevral 2021, 12:06

Abdumannop Tulyaganov prezident maslahatchisi o‘rinbosari bo‘ldi

Davlat rahbarining farmoni bilan Abdumannop Tulyaganov prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Buxoro tumani hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
8 fevral 2021, 10:26

Buxoro tumani hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

«Gazlineftqazibchiqarish» boshqarmasi kapital qurilish va ta’mirlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Anvar Rajabov Buxoro tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Farg‘ona viloyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
6 fevral 2021, 17:40

Farg‘ona viloyatida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston va Yozyovon tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bag‘dod tumani hokimi boshqa lavozimga o‘tishi munosabati bilan o‘z vazifasidan ozod etildi.

Quva tumaniga yangi hokim tayinlandi
6 fevral 2021, 12:52

Quva tumaniga yangi hokim tayinlandi

Halimjon Umarov Quva tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. U bundan avval viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.

Dilshod Kenjayev prezident maslahatchisining o‘rinbosari etib tayinlandi
2 fevral 2021, 16:45

Dilshod Kenjayev prezident maslahatchisining o‘rinbosari etib tayinlandi

2018 yildan beri Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Dilshod Kenjayev prezident maslahatchisining o‘rinbosari bo‘ldi.

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
2 fevral 2021, 16:40

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Zuhra Mirg‘oziyeva Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Toshkent viloyati hokimi ishdan olindi
30 yanvar 2021, 13:45

Toshkent viloyati hokimi ishdan olindi

Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov prezident farmoni bilan ishdan olindi. Uning o‘rniga Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan Davron Hidoyatov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Oldinroq prezident bitta hokim va vazir ishdan olinishini e’lon qilgandi. «Sadoqatli odam, lekin ishni bajara olmayapti. Aravani tortmayapti», — degandi prezident ishdan ketadigan hokim haqida gapirib.

Furqat Mahmudxo‘jayev Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari bo‘ldi
28 yanvar 2021, 21:55

Furqat Mahmudxo‘jayev Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari bo‘ldi

Toshkent shahar hokimining matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Furqat Mahmudxo‘jayev poytaxt hokimining o‘rinbosari — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi etib tasdiqlandi
22 yanvar 2021, 11:50

Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi etib tasdiqlandi

Buxoro viloyati xalq deputatlari Kengashining yig‘ilishida Botir Zaripov viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlandi. «Buxoroning suvini ichib, changini yutib ulg‘aygan yigit viloyat sharoitini yaxshi biladi. Eng muhimi, buxoroliklarni yaxshi ko‘radi», — dedi Shavkat Mirziyoyev viloyat Xalq deputatlari kengashida.

Toshkent shahar IIBBda yangi tayinlovlar amalga oshirildi
20 yanvar 2021, 17:53

Toshkent shahar IIBBda yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Polkovnik Timur Xolmatov Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari — Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Poytaxt IIBBsi Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i esa polkovnik Xusniddin Shamsutdinov bo‘ldi.

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
19 yanvar 2021, 17:45

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

G‘ulomjon Murodxo‘jayev Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Jizzax viloyati hokimiga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi
19 yanvar 2021, 17:29

Jizzax viloyati hokimiga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi

Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashida Jizzax viloyati hokimiga ikkita yangi o‘rinbosarlar nomzodlari ma’qullandi.

Jizzax viloyatining Zafarobod va Mirzacho‘l tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
19 yanvar 2021, 13:00

Jizzax viloyatining Zafarobod va Mirzacho‘l tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari va «Agrobank» viloyat boshqarmasi boshlig‘i Zafarobod va Mirzacho‘l tumanlariga hokimlikka tayinlandi. Eski hokimlarning boshqa ishga o‘tgani xabar qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting