Prezident matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Abduxalim Xolmaxmatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga Bahriddin Valiyev Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bahriddin Valiyev tayinlovga qadar 2019 iyul oyidan beri Toshkent prokurori bo‘lgan. Undan oldin u 2017 yil martidan buyon Buxoro viloyati prokurori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. U avvalroq Toshkent prokurori sifatida ham ish olib borgan.