Anvar Rajabov Buxoro tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar berdi Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Anvar Rajabov 2012−2019 yillarda «Neftgazqurilishta’mir» AJ boshqaruvi raisi, 2019−2020 yillarda ushbu korxona raisining o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Tayinlovga qadar u «Gazlineftqazibchiqarish» boshqarmasi kapital qurilish va ta’mirlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.