Mahmudxo‘jayev Furqat Sidiqxo‘jayevich Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Tayinlovdan oldin u 2020 yil fevral oyidan Toshkent shahar hokimligi matbuot kotibi, hokimning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Furqat Mahmudxo‘jayev 1965 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1989 yil Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan.

Ko‘p yillar davomida Toshkent shahar Mahallalar kengashi boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan.