Elyorbek Nabijonov Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tayinlovga qadar Elyorbek Nabijonov Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani «Khantex Group» MCHJ kuzatuv Kengashi raisi bo‘lgan.

2015−2019 yillarda «Orient Finance» xususiy aksiyadorlik tijorat banki ijroiya apparati ijro nazorati bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari-boshqaruv raisi o‘rinbosari yordamchisi, ijro intizomini nazorat qilish va bank xizmatchilari bo‘yicha dastlabki maslahat berish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2004−2006 yillarda «O‘zbekiston Sanoatqurilish banki» aksiyadorlik tijorat banki Shahrixon filiali ichki hisob-kitob sektori arxivariusi, buxgalteriya hisobi bo‘limi hisobchisi, iqtisodiy tahlil bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan.