Xalq deputatlari Yozyovon tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Dilshodjon Jalilov tuman hokimi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Dilshodjon Jalilov

U «Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

5 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Yozyovon tuman hokimi Yo‘lchiboy Boyyigitov yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun lavozimidan ozod qilingan edi.

Shu bilan birga, xalq deputatlari O‘zbekiston tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Sherzod Yo‘ldoshev O‘zbekiston tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Sherzod Yo‘ldoshev

U bundan avval, Farg‘ona shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.

Bundan tashqari, Bag‘dod tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Alibek Tursunov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga Farg‘ona viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Vosiljon Nazarov tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.

Vosiljon Nazarov