Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Kenjayev Dilshod Mutalibovich Prezident yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Dilshod Kenjayev 1977 yil 3 yanvarda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Tarix fanlari nomzodi. 2000 yil O‘zbekiston Milliy universiteti bakalavr, 2002 yilda magistratura yo‘nalishlarini bitirgan.

2006 yilgacha Toshkent shahridagi 191-maktab tarix fani o‘qituvchisi bo‘lgan.

2006−2012 yillarda Toshkent shahar pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti «Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari» kafedrasida katta o‘qituvchi, mudir, ma’naviy ma’rifiy va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor bo‘lib ishlagan.

2015−2017, 2017−2018 yillarda Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari bo‘lgan.

2018 yilda Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari ATD Yoshlar siyosati va ma’naviy rivojlantirish masalalari sho‘’basi mudiri bo‘lib ishlagan.

2018 yildan hozirga qadar Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari edi.