Abdujabbor Egamberdiyev Andijon tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Abdujabbor Egamberdiyev 1974 yilda Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 1998 yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini kunduzgi bo‘limini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1998 yili Andijon viloyati Ulug‘nor tumani Davlat soliq inspeksiyasi inspektori vazifasidan boshlagan.

2007−2016 yillarda Bo‘z, Ulug‘nor, Qo‘rg‘ontepa tumanlari va Andijon shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Hozirgi tayinlovdan avval, u Andijon viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.