19 yanvar kuni o‘tkazilgan Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Jizzax viloyati Zafarobod tumaniga yangi hokim tayinlandi, deya xabar berdi Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Zafarobod tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Ibrohim Qarshiboyev boshqa lavozimga o‘tganligi munosabati bilan, tuman hokimi lavozimiga Radjapov Nodirbek Muxtorovich nomzodi deputatlar tomonidan ma’qullandi.

Radjapov Nodirbek bunga qadar Jizzax viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Shuningdek, Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Xolmurodov Komil boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Ahmedov Sherzod Malikovich yangi hokim sifatida tanishtirildi.

Ahmedov Sherzod 2016 yildan buyon «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.