IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, polkovnik Xolmatov Timur Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari — Xavfsiz turzmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Shu bilan birga, polkovnik Shamsutdinov Xusniddin Toshkent shahar IIBB Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i vazifasiga tayinlandi.

14 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent IIBB boshlig‘i Aziz Toshpo‘latovga General-mayor unvoni avans bilan topshirilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu unvon O‘zbekiston tarixida faqat ikki marotaba yosh xodimga berilganligi va Aziz Toshpo‘latov eng yosh general-mayor bo‘lganligi ta’kidlab o‘tilgan.