Maxamadjon Nishonov Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tayinlovga qadar u Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Mahamadjon Nishonov 2011—2014 yillarda Andijon viloyati Paxtaobod Shahrixon tumanlari ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Andijon viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Shakirjon Baltabayev sog‘ligi yomonlashgani sabab o‘z arizasiga muvofiq lavozimidan ozod etilgan.