Andijon viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi.

Andijon viloyati hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga Otabek Tursunov tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

Otabek Tursunov 1984 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. 2007 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2004 yili Andijon viloyati Andijon shahar Sanoat qurilish temp mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’minotchisi vazifasidan boshlagan.

2007−2010 yillarda Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Banklar ma’lumotlari asosida soliq to‘lovchilarning byudjet bilan munosabatlarini tahlil qilish sho‘’basi davlat soliq inspektori bo‘lgan.

2012−2014 yillarda Andijon viloyati davlat soliq boshkarmasi Yuridik shaxslarga soliq solish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.