«shavkat mirziyoyev» tegli maqolalar


Afg‘onistonlik marshal Do‘stum O‘zbekistonda — OAV
17 avgust 2021, 01:10

Afg‘onistonlik marshal Do‘stum O‘zbekistonda — OAV

Kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan afg‘onistonlik marshal Abdul-Rashid Do‘stum «Tolibon» nazoratiga o‘tgan Mozori-Sharifdan O‘zbekiston tomonga qochib ketdi, deb xabar tarqatmoqda xorij OAVlari. Mazkur ma’lumot hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q.

Prezident Usmonxon Alimov oilasiga hamdardlik bildirdi
16 avgust 2021, 13:49

Prezident Usmonxon Alimov oilasiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev 71 yoshida olamdan o‘tgan muftiy Usmonxon Alimovning xonadoniga tashrif buyurib, uning yaqinlariga ta’ziya izxor etdi. «Hammamiz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Ulug‘ inson edilar», — dedi prezident.

Ertaga “Yangi O‘zbekiston” gazetasida Shavkat Mirziyoyevning intervyusi chop etiladi
16 avgust 2021, 13:12

Ertaga “Yangi O‘zbekiston” gazetasida Shavkat Mirziyoyevning intervyusi chop etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning mahalliy ommaviy axborot vositalariga bergan birinchi intervyusi 17 avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” gazetasida e’lon qilinadi.

Prezident Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
15 avgust 2021, 21:43

Prezident Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti muftiy Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan ta’ziya izxor etdi. «Kamtarin va samimiy inson Usmonxon Alimovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi», — deyiladi xabarda.

«Musobaqalarda tanish-bilishchilikka chek qo‘yish uchun onlayn platforma yaratiladi» — Aziz Abduhakimov
14 avgust 2021, 10:39

«Musobaqalarda tanish-bilishchilikka chek qo‘yish uchun onlayn platforma yaratiladi» — Aziz Abduhakimov

Prezident olimpiadachilar bilan juma kungi uchrashuvda sport musobaqalaridagi tanish-bilishchilik holatlariga chek qo‘yish kerakligini ta’kidladi. Bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov tanish-bilishchilikni yo‘qotish uchun onlayn platforma ishlab chiqilishini ma’lum qildi. «Ertaga kimdir o‘zidan-o‘zi, hech qayerda yutmasdan xalqaro turnirlarda yoki respublika musobaqalarida ishtirok eta olmaydi», — dedi u.

Prezident Olimpiadada ishtirok etgan sportchilar va murabbiylarni mukofotladi
13 avgust 2021, 21:51

Prezident Olimpiadada ishtirok etgan sportchilar va murabbiylarni mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Tokio Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan sportchilar va ularning murabbiylarini taqdirladi. Bokschi Bahodir Jalolovga «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni, taekvondochi Ulug‘bek Rashitovga — «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni, Oksana Chusovitinaga esa — «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni berildi.

«Parij Olimpiadasiga tayyorgarlikni shu bugundan boshlashimiz kerak» — prezident
13 avgust 2021, 16:48

«Parij Olimpiadasiga tayyorgarlikni shu bugundan boshlashimiz kerak» — prezident

Shavkat Mirziyoyev navbatdagi olimpiadada jamoaviy sport turlari bo‘yicha ham yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish asosiy maqsad bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. «Agar kimdir, bundan keyin ham oldingi Olimpiya o‘yinlarida bo‘lgani kabi, faqat yakkakurash sport turlari hisobidan yutuqlarga erishamiz, deb o‘ylasa, adashadi», — dedi prezident.

Prezident xorijdan legioner sportchi olib kelish amaliyotidan voz kechish kerakligini ta’kidladi
13 avgust 2021, 16:39

Prezident xorijdan legioner sportchi olib kelish amaliyotidan voz kechish kerakligini ta’kidladi

Prezident legioner sportchilarni olib kelish tajribasi o‘zini oqlamayotganligini ta’kidladi. «Xorijdan legionerlar emas, yetuk mutaxassislarni hamda sportchilarni tayyorlash metodikasini olib kelish kerak», — dedi u.

18 yoshga to‘lgan yetim bolalarga 1 xonali uy ajratiladi — prezident qarori
10 avgust 2021, 20:12 3

18 yoshga to‘lgan yetim bolalarga 1 xonali uy ajratiladi — prezident qarori

Prezident qarori bilan uyga muhtoj va 18 yoshga to‘lgan yetim bolaga 1 xonali, ular o‘rtasida nikoh tuzilgan taqdirda 2 xonali uy-joy ajratish tartibi belgilanmoqda. Bola 30 yoshga to‘lguncha uyni sotish, garovga qo‘yish va ijaraga berish qo‘yish mumkin emas. Yil yakuniga qadar 757 nafar bolani uy bilan ta’minlash reja qilingan. Bunga qadar yetim bolalarga bo‘sh turgan yotoqxona va qarovsiz qolgan uylardan ajratib kelingan.

«Odamlar svet bo‘yicha, ayniqsa gaz bo‘yicha bizdan juda norozi» — prezident
10 avgust 2021, 00:09

«Odamlar svet bo‘yicha, ayniqsa gaz bo‘yicha bizdan juda norozi» — prezident

Shavkat Mirziyoyev joriy yilda O‘zbekiston 917 million kub metr gaz import qilganligini ma’lum qildi. «Bu juda katta raqam. Ikkinchidan, biz valyutaga import qilyapmiz. Kelajakda nima bo‘ladi?», — dedi u. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, neft va gaz sohasi uchun so‘nggi uch yilda ajratilgan 1,4 mlrd dollar o‘z natijasini bermayapti.

Mislsiz islohotlar o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi — Abdulla Aripov
9 avgust 2021, 11:39

Mislsiz islohotlar o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi — Abdulla Aripov

«Biz juda tez amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga ko‘nikib qoldik. Ularning mohiyatini anglashga ulgurmayapmiz. Mislsiz islohotlar aynan shunday bo‘lishi kerakdek va shu ishlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgandek qabul qilyapmiz» — dedi Abdulla Aripov O‘zLiDeP siyosiy kengashining navbatdagi majlisida. Barcha islohotlar zamirida Shavkat Mirziyoyevning qat’iyati mujassam, deya ta’kidladi u.

Shavkat Mirziyoyevning shu haftadagi ish rejasi ma’lum qilindi
9 avgust 2021, 11:33

Shavkat Mirziyoyevning shu haftadagi ish rejasi ma’lum qilindi

O‘zbekiston prezidentining haftalik ish jadvalidan neft va gaz sohalari bo‘yicha yig‘ilish hamda Toshkent viloyatida ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirishga oid taqdimot o‘rin olgan.

Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi targ‘iboti va amaldagi vazifasi aralashib ketmasligi nazorat qilinadi — MSK
7 avgust 2021, 17:42

Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi targ‘iboti va amaldagi vazifasi aralashib ketmasligi nazorat qilinadi — MSK

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan OAV va blogerlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda amaldagi prezidentning vazifasi va saylovoldi targ‘iboti aralashib ketmasligi nazorat qilinishi aytildi. «Albatta, nomzodni saylovoldi targ‘iboti va o‘zining faoliyatini adashtirmasligimiz kerak. Lekin nazorat qilinadi», — dedi MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov. Komissiya a’zosi Sherzodxon Qudratxo‘ja esa Shavkat Mirziyoyevning tashrif va uchrashuvlari tagida piar emas, balki islohotlar yotganini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovlarida O‘zLiDeP partiyasidan qatnashadi
7 avgust 2021, 11:18

Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovlarida O‘zLiDeP partiyasidan qatnashadi

O‘zLiDeP partiyasi oktyabr oyidagi prezidentlik sayloviga amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodini ko‘rsatmoqchi ekanligini e’lon qildi.

«Mintaqa muammolarining yechimiga birgalikda erishamiz. Boshqa muqobil yo‘l yo‘q!» — Shavkat Mirziyoyev
6 avgust 2021, 14:28

«Mintaqa muammolarining yechimiga birgalikda erishamiz. Boshqa muqobil yo‘l yo‘q!» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi Maslahat uchrashuvida nutq so‘zladi. Unda davlat rahbari pandemiya sababli to‘xtatilgan transport harakatini to‘liq tiklash, test natijalari va emlash sertifikatlarini tan olish bo‘yicha yagona axborot tizimini ishga tushirish, oziq-ovqat xavfsizligini monitoring qilish bo‘yicha mintaqaviy tizimni joriy qilishni taklif etdi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi
6 avgust 2021, 10:59

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 avgust kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Davlat rahbarlari transport-logistika, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni muhokama qildilar.

«Boshidan o‘tkazgan biladi». Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarning muammolari haqida
4 avgust 2021, 11:40

«Boshidan o‘tkazgan biladi». Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarning muammolari haqida

Prezident videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot uchun murojaatlarni qabul qilish muddati 10 avgustgacha uzaytirilganini ma’lum qildi. Shu bois, uchrashuv kelgusi hafta o‘tkazilishi aytildi. «Kim tizimdagi muammoni biladi? Boshidan o‘tkazgan biladi», — dedi u. Mutasaddilarga hech bir murojaatni o‘z holiga tashlab qo‘ymaslik bo‘yicha topshiriq berildi.

«Eng kamida 35−40 foiz bo‘ladi deb o‘ylagandim». Prezident xizmat ko‘rsatish sohasining 6 oylik natijalari haqida
4 avgust 2021, 02:59

«Eng kamida 35−40 foiz bo‘ladi deb o‘ylagandim». Prezident xizmat ko‘rsatish sohasining 6 oylik natijalari haqida

Prezident videoselektorda xizmat ko‘rsatish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,3 foizga oshganini ma’lum qildi. «Eng kamida 35−40 foiz bo‘ladi deb o‘ylagandim», — dedi u. Navoiy, Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Qoraqalpog‘istonda soha rivoji o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan past darajada ekanligi tanqid qilindi.

Respublikada sharoiti eng og‘ir mahallalarga $100 mln ajratiladi
4 avgust 2021, 01:35

Respublikada sharoiti eng og‘ir mahallalarga $100 mln ajratiladi

Seshanba kungi videoselektorda prezident O‘zbekistondagi sharoiti eng og‘ir mahallalarni rivojlantirishga 100 mln dollar ajratish bo‘yicha topshiriq berdi. «Qarorga bugunoq qo‘l qo‘yib berishga tayyorman», — dedi u. Qolaversa, yil yakunigacha jamoat transporti yetib bormagan 1113 ta mahallani ham qamrab olish zarurligi aytildi.

«Virusni yengishning eng muhim sharti — vaksinatsiya». Prezident aholini yana bir bor emlanishga chaqirdi
3 avgust 2021, 17:29

«Virusni yengishning eng muhim sharti — vaksinatsiya». Prezident aholini yana bir bor emlanishga chaqirdi

Prezident raisligida o‘tayotan videselektorda Shavkat Mirziyoyev pandemiyani yengib o‘tish doirasida olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda 10 mingga yaqin bemor shifoxonada, 3 ming nafari uy sharoitida davolanayotgan bo‘lsa, 2,4 ming nafari og‘ir, 890 nafari o‘ta og‘ir ahvolda. «Virusdan himoyalanish va uni yengishning eng muhim sharti — vaksinatsiya», — dedi Shavkat Mirziyoyev.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting