Prezident Shavkat Mirziyoyev 71 yoshida vafot etgan muftiy Usmonxon Alimovning xonadoniga tashrif buyurdi. Unga bosh vazir Abdulla Aripov va boshqalar hamrohlik qildi.

Davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qilishicha, prezident marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan, uning haqiga duo qilindi.


«Hammamiz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Ulug‘ inson edilar. Bilimi, mehnatsevarligi, kamtarinligi bilan elimizda obro‘ topgan edilar. Bu balo butun dunyoga azob olib keldi, qancha yo‘qotishlar bo‘layapti. Qo‘limizdan kelgan hamma harakatni qildik. Lekin Allohning irodasi ekan. Ilohim, joylari jannatda bo‘lsin. U kishini yaxshi nom bilan eslab, ishlarini davom ettirib, ruhlarini shod qilaylik», — dedi Shavkat Mirziyoyev.