O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 2021 yilgi prezidentlik saylovlariga kimning nomzodini ilgari surishini e’lon qildi. Bu haqda partiya markaziy kengashining navbatdan tashqari plenumida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri.

Xabarga ko‘ra, amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda «O‘zLiDeP» partiyasining nomzodi sifatida ko‘rsatiladi.

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovi yakunlari bo‘yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan O‘zbekiston prezidenti etib saylangan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan prezidentlik saylovlarida Narzulla Oblomurodov, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov, «Milliy tiklanish» partiyasidan Alisher Qodirov, «Xalq» demokratik partiyasidan Maqsuda Varisova nomzodlari e’lon qilingan edi.